Marat Bikmaev faoliyatidagi yubiley golini urdi
14 okt 2018 01:04
Yangiliklar
Marat Bikmaev faoliyatidagi yubiley golini urdi
"Lokomotiv" hamda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev KXDRga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:0) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
Bu Bikmaevning faoliyatidagi 100 va 101-goli bo'ldi. SHunday qilib, 32 yoshli futbolchi 100ta va undan ortiq gol urganlar azo bo'ladigan Gennadiy Krasnickiy klubi ro'yxatidan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, faoliyati davomida 100ta va undan ko'p gol urgan o'zbek futbolchilari Gennadiy Krasnickiy klubidan vakiliga aylanishadi. Ushbu klubga 2010 yil avgustida O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan asos solingan.
Fikrlar