So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  1 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  14

Marat Bikmaev: "Afonin terma jamoamizni kuchaytiradi" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "Afonin terma jamoamizni kuchaytiradi"

O'zbekiston terma jamoasi azosi Marat Bikmaev Iordaniya hamda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- Bo'lajak o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Biroz shamollab qolganim sabab bugungi (muallif: 8 noyabr kungi) mashg'ulotlarda ishtirok etolmayapman. Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi Janubiy Koreya bilan bo'ladigan bahs oldidan haqiqiy "repiticiya" vazifasini bajarib beradi. Bu o'yinda o'z kuchimizni sinab ko'ramiz, - deydi Bikmaev.

- Vadim Afonin terma jamoa yig'iniga qo'shildi. U bilan tanishmisiz?

- Afonin bilan shaxsan tanishmiz. Men uni avvaldan bilaman. Vadim Afonin terma jamoamizni kuchaytiradi. Bosh murabbiyimiz bekorga uni jalb etgani yo'q. Babayan Afoninning potencialini juda yaxshi biladi. "Rubin"da Afonin bilan birga o'ynaganman. Bu futbolchi haqida faqat iliq fikrlarni bildira olaman. Vadim Afonin juda yaxshi futbolchi.

- Janubiy Koreya bilan o'yin haqida nima deya olasiz?
Janubiy Koreya bilan bo'ladigan bahsga jamoamiz tayyor. Ular bilan maydonda "jang" qilishga shaymiz. Hozirgi kunda barcha jamoalar teng kuchga ega. Bundan biz ham mustasno emasmiz. Janubiy Koreyaga mag'lubiyat uchun bormaymiz. Juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy uchrashuv bo'ladi. Umid qilamanki, biz u erda g'alaba qozonamiz.

- Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazasizlar. Bu bahs haqida fikrlaringiz...
- Iordaniya bilan o'yin murabbiylar uchun juda muhim sanaladi. Aynan ushbu bellashuv orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning funkcional holatini bilib olishadi. Muhim o'yin oldidan murabbiy qaysi futbolchilarni Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga maydonga tushirishi mumkinligini ko'rib oladi. Qaysi futbolchi qanday sport formasida ekanligi ham mazkur bahsda ko'rib olishadi.

- "Paxtakor" stadionida anshlag bo'lishini kutayapsizmi?
- Iordaniya bilan bo'ladigan uchrashuvda ishqibozlar stadionni to'ldirib o'tirishadi, deb umid qilaman. Har holda terma jamoa o'ynaydi. Barcha muxlislar o'yinda stadionga kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini istayman.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика