Maradonaning fikricha, FIFA Messining jazosini bekor qilmasligi kerak edi
09 may 2017 13:47
Yangiliklar
Maradonaning fikricha, FIFA Messining jazosini bekor qilmasligi kerak edi
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diego Maradonaning fikricha, FIFA hujumchi Lionel Messi bilan noto'g'ri ish tutgan.
Oldinroq FIFA Messining to'rt uchrashuvlik diskvalifikaciyasini bekor qilgan edi.
"Messiga yordam berishga urindim, ammo FIFAning qaroriga aloqam yo'q. To'rtta o'yin edi va kutilmaganda jazoni bekor qilishdi. FIFAning ishi to'g'ri emas, Leo kichik bo'lsada jazoga loyiq edi. Bu gaplarni qo'limni ko'ksimga qo'yib aytyapman. Uni bir yil shug'ullantirganman va u menga futbolchidan ko'ra momiqqina bolakayni eslatardi" - deydi Maradona.
Fikrlar