Maradona Safarov: "SHerdor" “V” guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchi"
01 okt 2018 23:16
Yangiliklar
Maradona Safarov: "SHerdor" “V” guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchi"
Bugun 6 ochkolik uchrashuv bo'ldi. Bugun bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli edi. Birinchi bo'lim boshida raqib darvozasiga kiritgan tezkor golimiz bugungi g'alabamizning asosiy omili bo'ldi. Jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifa Pro-Liga “V” guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritish, belgilangan reglamentga ko'ra, o'tish turnirlarida muvaffaqiyatli qatnashib, Superligaga chiqish, jamoamiz futbolchilari bilan birgalikda mana shu orzuga asoslanib maydonga tushayapmiz.
O'z oldimga ham shunday maqsad qo'yganman, qo'limdan kelganicha harakat qilaman, intilaman, “SHerdor” jamoasini g'alabalariga o'z hissamni qo'shish niyatidan, nasib etsa Superligaga chiqamiz. Albatta, har bir futbolchida bo'lgani kabi kuni kelib milliy terma jamoamiz libosida maydonga tushishni niyat qilganman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar