Maradona Safarov: “Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga etibor qaratyapmiz”
26 dek 2016 19:15
Yangiliklar
Maradona Safarov: “Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga etibor qaratyapmiz”
Ushbu uchrashuvda “Olmaliq” jamoasi raqiblarini (2:1) hisobida mag'lub etishdi. “Mashal” klubidan yagona golga Maradona Safarov mualliflik qildi. O'yindan so'ng Safarov tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.
“Bugun bu yilgi so'nggi o'yinimizni o'tkazdik. Bunda “Olmaliq” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Hozircha hech nima malum emas. Murabbiylarimiz oldimizga hech qanday vazifa qo'ymagan. “Olmaliq” klubi ham yaxshi shakillangan jamoa, asosan yosh futbolchilar maydonda harakat qilishadi. Kumikov ham tajribali mutaxassis hisoblanadi. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga etibor qaratyapmiz. Yangi yildan so'ng yanada kuchliroq mashg'ulot o'tkazamiz”, - deydi “Mashal” klubi futbolchisi Maradona Safarov
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar