So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  7 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Maradona JCH-2010ga tushiga kirgan futbolchini olib ketgan ekan. Zanetti va Kambyasso esa mundialdan quruq qolgan Yangiliklar

Maradona JCH-2010ga tushiga kirgan futbolchini olib ketgan ekan. Zanetti va Kambyasso esa mundialdan quruq qolgan

"Rahmat, bu hayotimdagi ajoyib lahzalar bo'ldi".

Maradona 2020 yilda "Ximnasiya" bilan Argentina yuqori ligasida bir amallab jon saqlab qoldi. Ularga koronavirus yordam berdi. 10 yil avval esa u murabbiylik faoliyatidagi eng yirik sovrinni qo'lga kiritishi mumkin edi. O'shanda Diego Argentina terma jamoasi bilan JCH-2010ga yo'l olgan. Maradona har doimgidek barchani hayron qoldirgan: Rikelme bilan janjallashib qolgan, "Inter" bilan CHempionlar ligasida zafar quchgan Kambyasso va Zanettini Hatto kengaytirilgan tarkibga kiritmagan.


"Ular terma jamoa uchun eski tarix, jamoaga yangilar kerak" - degandi Maradona. Biroq JCHga boradigan tarkibga "Kolona"ning 30 yoshli himoyachisi Ariel Garse kiritildi. U deyarli Argentinadan tashqariga chiqmagan (Meksikada 11ta o'yin) va Maradonaning noodatiy uslubi ramziga aylandi. JCHga borishdan avval Garse milliy jamoa safida 4ta uchrashuv o'tkazgan: 2003 yil Marselo Belsa qo'l ostida 3ta o'rtoqlik o'yinida va Maradona jamoasida Gaitiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushgan.


Garse mavsumni 14-o'rinda yakunlagan. Mundialga muxlis sifatida bormoqchi edi, ammo Maradona qo'ng'iroq qilib, uni o'zining gladiatori deb atagan

Hikoya g'alati tuyulishi mumkin, ammo The Guardian va yana bir necha nashrning yozishicha, Garseni bir sabab tufayli jamoaga olishgan: Maradona tushida mundialda g'olib bo'lgan ekan va u eslab qolgan yagona chehra Arielniki edi. Mavsumni 14-o'rinda yakunlagan, "Kolon"ning 30 yoshli futbolchisini munidalga olib ketish uchun boshqa tuzukroq sabab ko'rsatish qiyin edi.


"Balki bu tushga bog'liqdir. Bilmasam, u menga hech narsa aytmadi" - degandi Garse. "Meni kengaytirilgan tarkibga qo'shishganida, bu kamina uchun kutilmagan voqea bo'ldi. Matbuot g'azabda edi, tanqid toshlari otilardi. Keyin murabbiy qo'ng'iroq qildi: "Salom, xitoylik (Arielning laqabi). Bu men, Diegoman". Qaltirab, terlay boshladim, chunki u bilan hech qachon gaplashmagan edim. U hech qaerga bormasligimni aytgani raqamimni terdi deb o'yladim. Ammo quyidagi gapni eshitdim: "Sen 23 nafar gladiatorlarimdan birisan".


Qiziq, Maradona qaroridan oldin Garse jahon chempionatiga muxlis sifatida bormoqchi edi. U terma jamoada bo'lishni Hatto tasavvur ham qilmagan, shu sababli mundialning bir nechta o'yini uchun chipta sotib olgan Ariel Janubiy Afrikada tatilni maza qilib o'tkazmoqchi edi.


JCH oldidan o'tkazilgan so'nggi o'rtoqlik o'yinida argentinalik muxlislar quyidagi yozuvli bannerni ilib qo'yishgandi: "Garse, bizga alfaxor olib kel". Alfaxor - tatildan sovg'a sifatida olib kelinadigan pechene.

"Odamlar nima deyishi bilan ishim yo'q. Men jahon chempionatiga bormoqchiman, bu baxtni hech kim tortib ololmaydi" - degandi Garse. Ariel turnirda xuddi ikki zaxira posboni kabi maydonga tushgani yo'q. Haqiqatdan ham uni omad uchun kelib ketishgan ko'rinadi. Faqat bu yordam bermadi: Argentina chorak finalda Germaniyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.


O'tgan yili Garsedan, u Maradonani uchratib qolsa, nima deyishi haqida so'rashdi: "Men uni qattiq quchoqlab, shunday derdim: "Rahmat, aqldan ozgan inson, bu hayotimdagi ajoyib lahzalar bo'ldi".

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика