Maradona: "Argentina terma jamoasi o'yinini ko'rmadim, dahshatli filmlarga qiziqmayman"
24 mar 2019 20:40
Yangiliklar


Maradona: "Argentina terma jamoasi o'yinini ko'rmadim, dahshatli filmlarga qiziqmayman"
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona yurtdoshlarining Venesuela terma jamoasiga qarshi uchralgan mag'lubiyatidan so'ng (1:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yo'q, men Argentina terma jamoasining o'yinini ko'rmadim. Dahshatli filmlarga qiziqmayman.
Terma jamoa boshqaruviga kelib qolgan shaxslar Venesuelani yutishga umid qilishgandi. Bu yaxshi jamoa.
Argentina futboli rahbarlari doimo odamlarni aldashadi. Uzrku-ya, ammo ular o'yinlarda yuta olmaydilar", - dedi Maradona.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar