Maradona: “Angliya terma jamoasiga yana bir gol urishni orzu qilaman, faqat…”
26 okt 2020 22:00
Yangiliklar
Maradona: “Angliya terma jamoasiga yana bir gol urishni orzu qilaman, faqat…”
Argentinalik sobiq futbolchi Diego Maradona yaqinlashib kelayotgan tug'ilgan kunida qanday sovg'ani xohlayotganini aytdi.
Maradona 30 oktyabrda 60 yoshga to'ladi.
“Angliyaga yana bitta gol urishni orzu qilaman, ammo bu safar o'ng qo'lim bilan!”, deydi argentinalik afsona.
Eslatib o'tamiz, JCH-1986 chorak finalida Maradona chap qo'li bilan Angliya darvozasiga gol urgan. Bosh hakam esa to'p bosh bilan urilgan deb hisoblab, uni inobatga olgandi. Uchrashuvda argentinaliklar 2:1 hisobida zafar quchib, 1/2 finalga chiqqan va keyinchalik musobaqa g'olibiga ham aylangandi. Maradona esa mundialning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.
Fikrlar