Maqsudov ishonchni oqlay olarmikan?
30 dek 2013 13:00
Yangiliklar

Maqsudov ishonchni oqlay olarmikan?
Yangi tuzilajak olimpiya terma jamoamizga SHuhrat Maqsudovning bosh murabbiy etib tayinlangani juda g'alati, shu bilan birga kutilmagan bo'ldi.
Ahmadjon Musaevning buyog'iga olib keta olmasligi tayin edi, ammo bu jamoaga kamida Abramov darajasidagi murabbiyning kelishini kutgandik, lekin O'FF shu paytgacha doim yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan SHuhrat Maqsudovni bosh murabbiylikka maqul ko'rdi.
11-26 yanvar kunlari Ummonda bo'lib o'tadigan 22 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati Maqsudov uchun dastlabki sinov bo'ladi. Biz jamoamizdan kamida yarim finalga qadar etib borishni kutayotgan bir paytda O'FF tomonlardan jamoa oldiga hozircha maqsad qo'yilmaganini eshitib qoldik. Emishki, maqsad 2016 yil Braziliyada o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlariga yo'l olish ekan. Jamoa oldiga ulkan vazifalar qo'yilgani yaxshi albatta, lekin maqsadni har bir musobaqada qo'yib borish kerak.
Malumki, Ummmondagi Osiyo chempionatidan so'ng kelasi yilning yozidagi navbatdagi U-22 qita birinchiligi uchun saralash o'yinlari o'tkaziladi. Keyin 2015 yil yana bitta chempionat bo'lib o'tadi va bunda kuchli to'rtlikka chiqqan jamoalar Braziliya olimpiadasi yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Demak, oldimizda turgan OFK tarixidagi birinchi U-22 musobaqasi amalda hech bir turnir uchun yo'llanma bermaydi. Buni OFK dastlabki imtihon sifatida o'tkazmoqchi.
28 dekabr kuni U-22 terma jamoamiz “CHilonzor” suniy maydonida birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, “Paxtakor”ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bunda “Paxtakor” asosan o'zining yoshlaridan foydalanib to'p surgan bo'lishiga qaramay, o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Lekin bo'lajak olimpiyachilarimizning o'yini unchalik o'xshamadi. Futbolchilarda bir-birini tushunish, chiziqlar orasidagi bog'liqlik hali shakllanib ulgurmabdi. Bu ketishda Ummondagi Osiyo chempionatida jamoamizdan katta natijalarni kutish qiyin.
Har bir jamoada bosh murabbiy juda katta rol o'ynaydi. SHuhrat Maqsudov bungacha Igor SHkvirin, Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov kabi murabbiylar bilan birga ishlab katta tajriba to'plagan bo'lishi aniq. Endi bo'lsa mustaqil murabbiy sifatida to'plagan tajribasini amalda qo'llash fursati etdi. Hech shubhasiz, U-22 Osiyo birinchiligi Maqsudov uchun dastlabki imtihon vazifasini bajarib beradi. Murabbiyimiz shu imtihondan o'ta olarmikan?
Tarkibga nazar tashladyigan bo'lsak, bunda Egor Krimec, Sardor Rahmonov, Vladimir Kozak, Akbar Ismatullaev, Maksimilian Fomin, Abbos Maxsitaliev, Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, Igor Sergeev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev kabi allaqachon pishib etilgan futbolchilarni ko'ramiz. Bu o'yinchilardan yakdil jamoa tuzib, bemalol musobaqa g'olibligi uchun kurashsa bo'ladi. Lekin bu erda yana hamma gap bosh murabbiyda. Agar Maqsudov shu yigitlardan yaxshi jamoa tuzib, yanvardagi Osiyo chempionatida kamida sovrindorlar qatoriga kira olsa, 2016 yilgi olimpiada o'yinlariga borishimizga qisman ishonsak bo'ladi. Faqat buning uchun murabbiydan birinchi navbatda zukkolik, jamoani bir maqsad yo'lida birlashtira olish va futbolchilarni Olimpiadaga borishimizga ishontira bilish talab etiladi. Bunisi endi aynan SHuhrat Maqsudovga bog'liq.
Marat Aksanov.

Fikrlar