So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  0 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

Maqsud Karimov: "Tug'ilgan kunim qo'shaloq bayramga ulanib ketdi" Yangiliklar

Maqsud Karimov: "Tug'ilgan kunim qo'shaloq bayramga ulanib ketdi"

"Nasaf" - "Al Ahli" (2:1) uchrashuvida "ajdarlar"ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylangan Maqsud Karimov o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.


"Stadionni to'ldirib o'tirgan muxlislarga g'alabani taqdim etganimizdan juda xursandmiz. Ikkinchi bo'limda katta kuch bilan oldinga o'tdik va gollar urdik. Keyinchalik esa tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Biz g'alabani ertaroq nishonlavordik, chamamda. Lekin men 2:0 hisobini juda qaltis deb bilaman. Odatda hisob 2:0ga o'zgarganidan so'ng futbolchilar o'zini erkin his qilib yuboradi. SHuni hisobiga o'yinimizda ozgina pasayish bo'ldi. Ammo biz kerakli g'alabaga erishib oldik. Bu boshlanishi. Keyingi o'yinlarda ham Xudo xohlasa g'alabalarga erishamiz va muxlislarimizni quvontirib yurishni istaymiz. SHuni juda xohlardimki, har doim minglab ishqibozlarimiz stadionni to'ldirib o'tirishsa. Biz ham qo'ldan kelgancha g'alabalarni ularga sovg'a qilamiz. Tug'ilgan kunimda o'zim gol uraman deb astoydil harakat qilganim yo'q. Muhimi bu jamoamizning yutug'i. To'g'risi, o'yindan oldin yaxshi niyat qilgandim. Gol urishni istagandim, ammo aynan gol urish uchun emas, jamoamiz foydasiga xizmat qilish maqsadida harakat qildim. Tug'ilgan kunim qo'shaloq bayramga aylandi. Bundan albatta juda baxtiyorman. Hakam xushtagidan so'ng barchamiz bir-birimizni tabrikladik. Odatdagidek murabbiy ham hammani g'alaba bilan muborakbod etdi. Endi esa keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz va bor etiborni shunga qaratamiz", - deydi Maqsud Karimov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика