So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

MAQOLA. Dehqon oilasida tug'ilgan, bolaligida imzo qo'yishni mashq qilgan, pozitiv inson - Dani Alves haqida Yangiliklar

MAQOLA. Dehqon oilasida tug'ilgan, bolaligida imzo qo'yishni mashq qilgan, pozitiv inson - Dani Alves haqida

Bugun dunyoning eng kuchli va tajribali himoyachilaridan biri bo'lgan, may oyida 37 yoshni qarshi olgan Dani Alves haqida so'z yuritamiz.

Tarjimai hol

Dani Alves — himoyachi poziciyasida o'ynaydigan braziliyalik futbolchi. Sportchi Braziliya milliy terma jamoasi manfaatlarini himoya qilib keladi, shuningdek, u zamonaviy futbolning mashhur jamoalarida o'ynagan. Dani "Barselona", PSJ, "Yuventus" klublari bilan hamkorlik qilgan va unvonlarga boy, yulduz futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Bolalik va yoshlik yillari

Daniel Alves da Silva 1983 yil 6 may kuni Braziliyaning Juazeyru shaharchasida dehqon oilasida tug'ilgan. Ular o'z vatanlaridagi aksariyat fuqarolar singari kambag'alchilikda yashashgan. Dani juda serharakat bo'lib, bolaligidan ko'chada to'p tepib ulg'aygan. U professional futbolchi bo'lish, milliy terma jamoa sharafini himoya qilish orqali oilasiga yordam berishni orzu qilgan. Dani bolaligida hatto dastxat qo'yishni mashq qilib borgan.

Uning imzosi

Moliyaviy qiyinchiliklar sababli bola otasi bilan ishlashga majbur bo'ldi. To'rt yoshidan boshlab, u katta Alvesga Salitra dalalaridagi ishlarda yordam berdi. Yigitchaga omad kulib boqdi: otasi futbolni shunchalik sevardiki, o'z jamoasini yo'lga qo'ygan holda omadini sinab ko'rishga qaror qildi va o'z jamoasini tashkil qildi. U o'n yoshli o'yinchilarni bir jamoaga yig'di.

Dani otasining jamoasida o'ynashni boshladi, dastlab vinger sifatida harakat qildi. Murabbiy o'g'lining imkoniyatlarini boshqa tomonga yo'naltirish yaxshiroq, deb o'ylab, unga himoyachi poziciyasida rivojlanish imkoniyatini berdi. Yosh Dani zarur narsalarga ega bo'lish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotdi va bo'sh vaqtini mashg'ulotlarga sarfladi.

SHaxsiy hayoti

2005 yilning 1 yanvarida yosh futbolchi uchun muhim voqea sodir bo'ldi: uning hayotiga Dinora Santana kirib keldi. 2008 yilda qiz rasmiy ravishda sportchining rafiqasiga aylandi. Ular ikki farzandli bo'ldilar - Daniel va Vitoriya. Er-xotinning shaxsiy hayotlari uzoqqa cho'zilmadi va 3 yildan keyin ajrashishdi. Er-xotin ajralish sababini oshkor qilishmadi, ammo Alves xiyonat qilishda gumon qilingani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Oiladagi kelishmovchiliklarga qaramay, Dinora va Dani bolalar uchun do'stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. Ayol sobiq turmush o'rtog'ining agenti sifatida ishlashni davom ettirdi va futbolchinining faoliyati bo'yicha har tomonlama qo'llab-quvvatladi. U hatto sportchi jarohat olganida unga chin dildan g'amxo'rlik qildi. Alvec ham o'z o'rnida o'zini yaxshi ota sifatida ko'rsatdi, ko'p vaqtini o'g'li va qizi bilan o'tkazdi.

2017 yilda futbolchi yana bir bor uylandi. Uning yangi rafiqasi ispaniyalik model Joana Sans bo'ldi. Sevishganlarning to'yi maxfiy ravishda o'tdi. To'y oqshomi orolda o'tkazildi, unga maxsus mehmonlar taklifnoma orqali kiritildi.

Dani Alves va Joana Sans

Futbol

Dani Alves katta futbol yo'lidagi ilk qadamini Braziliyaning "Juazeyru" klubi akademiyasida qo'ydi. U g'oyat g'ayratli va g'alabalarga chanqoq ekanligini namoyish etib, yoshlar jamoasi manfaatlarini munosib himoya qildi. Sportga kirib kelgan futbolchining potencialini "Baiya" klubi menejerlari payqab qolishdi va 2001 yilda unga shartnoma taklif qilindi. Daning debyut mavsumi muvaffaqiyatli o'tdi: yigit o'z tarjimai holini futbol bilan bog'lashga qaror qilib, kasb tanlashda adashmaganligi malum bo'ldi.

Uning imkoniyatlari "Sevilya" skautlari tomonidan yuqori baholandi. Avvaliga futbolchi 6 oyga ijaraga olindi. 2003 yilgi Jahon chempionatida Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida qatnashgandan so'ng, Dani klub tomonidan doimiy hamkorlik shartnomasini qabul qilib oldi. Ushbu davrda ko'plab mutaxassislar sportchining istedodini yuqori baholadilar. Uning maydonda o'ynash uslubi futbol muxlislari va turli klublar rahbarlarining etiborini tortdi. Dani tezlik, alo darajadagi texnika va yorqin jamoaviy o'yinni namoyish etdi.

2003 yildan 2004 yilgacha u "Sevilya"ning asosiy tarkibida o'ynadi. Klub bilan Superkubok va Ispaniya kubogi, shuningdek, Evropa superkubogini yutdi. O'zining sevimli jamoasi "Barselona"dan taklif olmasdan oldin UEFA kubogining ikki karra g'olibiga aylandi. U yoshligida buni faqat orzu qila olardi. Yangi jamoa futbolchining istedodi va salohiyatini ochib berdi. Bunga murabbiy Xosep Gvardiola ham beminnat yordam berdi. U tufayli Dani klubning eng mashhur himoyachisiga aylandi. Futbolchining darajasi yuqori ekanligini uning statistikasi bemalol tasdiqlaydi.

Danielning "Barsa"ga o'tishi klub uchun 35,5 million evroga tushdi, bu bugungi kunda ham himoyachini sotib olish uchun juda katta summa hisoblanadi. Jamoaga shunchaki himoyachi kerak emasdi, shu bois tanlov to'g'ri bo'lgani shubhasiz. Dani juda aqlli, maydonda vaziyatni nazorat qila oladigan va raqiblar uchun kutilmagan qarorlarni qabul qila oladigan o'yinchi edi. Alves birinchi mavsumda jamoaning bir bo'lagi sifatida Ispaniya kubogi va CHempionlar Ligasini yutdi. "Barselona"dagi faoliyati davomida u o'z omboriga 23 kubokni qo'shib qo'ydi. 388 uchrashuvda 21 ta gol urdi. Bu davrlarda Danining asosiy sherigi va do'sti Lionel Messi edi.

Klubdagi faoliyatining eng yuqori cho'qqisida himoyachi jamoani tark etishga qaror qildi, biroq unga shartnomani uzaytirish taklif qilinmadi. Orada futbolchi va Ispaniya soliq idoralari bilan tushunmovchilik kelib chiqqani haqida mish-mishlar tarqaldi.

2016 yildan 2017 yilgacha futbolchi "Yuventus" manfaatlarini himoya qildi. U mavsum davomida jami 33 uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi. Daniel Italiya kubogini yutdi va CHempionlar Ligasining finalchisiga aylandi. Alves jamoadan ketishiga sabab mamuriyat bilan tushunmovchilik ekanligini yashirib o'tirmadi. O'sha paytda unga ko'plab klublar davogarlik qila boshlashdi.

2017 yilda braziliyalik "Parij Sen-Jermen" safini to'ldirdi. PSJga erkin agent sifatida ko'chib o'tgan futbolchi birinchi mavsumdayoq klub bilan mamlakat g'olibi bo'ldi. SHuningdek, Liga kubogi va Franciya superkubogini yutdi. 36 yosh bo'lishiga qaramasdan, Dani "butsalarini mixga ilish" haqida o'ylamadi va yuqori darajada o'ynashni davom ettirdi.

Dani Alvesning Braziliya terma jamoasidagi debyuti 2006 yilda amalga oshgan. Bir yil o'tgach, Braziliya termasi safida Argentinani mag'lub etib, Amerika kubogiga erishdi. Futbolchi garchi zaxira o'yinchisi sifatida taklif qilingan bo'lsa-da, 2010 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Uydagi Jahon CHempionati Danini jamoanining asosiy tarkibiga qo'shilishiga sabab bo'ldi, ammo tez orada u yana zaxirada o'tirdi.

Alves 2018 yilgi Jahon chempionatida qatnashuvchilar ro'yxatida bor edi, biroq Rossiyaga bora olmadi. Himoyachi Franciya kubogi finalida jarohat olgani tufayli musobaqani o'tkazib yubordi.

Dani Alves hozir

Daniel futbolchilik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2019 yilda u Amerika kubogida Braziliya terma jamosini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Turnir yakunida Alves eng yaxshi futbolchi deb topildi. Dani hozirda "San-Paulu" klubining azosi bo'lib, unga 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilingan. Futbolchining yillik maoshi - 4,2 million evro.

 FIFAning 2020 yildagi reytingida Dani 82-o'ringa joylashgan.

Alvesning shaxsiy Instagram akkaunti bor, shu orqali muxlislar o'yinchining kundalik hayoti qanday ketayotganini kuzatib borishlari mumkin. Ko'pincha Dani o'z rafiqasi bilan tushgan suratlari, yangilangan soch turmagi yoki o'ziga xos kiyinish uslubi fotosuratlarini yuklab boradi. Sportchi yorqin ranglar va brend mahsulotlarini afzal ko'radi.

Danining bo'yi - 173 sm, og'irligi - 64 kg

Yutuqlari

2001 - shtat chempioni 

2003 - yoshlar o'rtasidagi JCH g'olibi 

2006, 2007 - Ispaniya kubogi sohibi

2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016 -  Ispaniya chempioni 

2008/2009, 2010/2011, 2014/2015 - UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi 

2009, 2013 - Konfederaciyalar kubogi egasi

2009, 2011, 2015 - UEFA Supurkubogi sohibi

2016/2017 - Italiya chempioni

2017/2018, 2018/2019 - Franciya chempioni

2017, 2018 - Franciya Superkubogi sohibi

2019 - Amerika Kubogining eng yaxshi o'yinchisi

Qiziqarli faktlar

- Braziliyalik 2014 yil 27 aprelda yuz bergan noxush hodisaga aralashdi. "Barselona"ning "Vilyarreal"ga qarshi o'yinida muxlis Alves tomonga banan tashlab, irqchilikka moyilligini ko'rsatdi. Dani bu vaziyatdan hazilomuz harakatlari bilan chiqib ketdi: meva po'stini archib, uni eb yubordi. Keyinchalik bu ijtimoiy tarmoqlarda global flesh-mob boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Futbolchilar hamkasbini qo'llab-quvvatlash uchun banan bilan suratga tushishdi va irqchilikka qarshi chiqishdi.

- Dani Alvesning eng yaxshi do'sti PSJ hujumchisi Neymar edi. U do'sti bilan birgalikda ko'pincha futbol maydonida g'alaba raqsini ijro etardi.

- "Barselona" sobiq futbolchisi o'z qo'llari bilan biror narsa yaratishni xush ko'radi. U bo'sh vaqtlarida bog'dorchilik va pazandalik durdonalarini yaratadi.

- Alves dunyoning eng ko'p tatuirovkaga ega futbolchilari ro'yxatiga kiritilgan. Tasvirlar sportchi tanasining barcha qismlarida bor. Ularning aksariyati falsafiy qarashlarga ega.


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика