So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  32 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

MAQOLA. Braziliyalik sehrgar, “Milan” yulduzi, “Oltin to'p” sohibi Kaka haqida Yangiliklar

MAQOLA. Braziliyalik sehrgar, “Milan” yulduzi, “Oltin to'p” sohibi Kaka haqida

Teglar :  MilanKakaMaqola
Bugun braziliyaning yorqin yulduzi, boshqa hamyurtlaridan farqli ravishda o'zga sayyoralik bo'lmagan Kaka tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Demak, maqola bu gal sizlar bilan birgalikda Kakaning hayot yo'liga sayohat qilamiz.

Bilasiz, braziliyalik futbolchilarning yoshliga yoki bolaligiga nazar solsak, qashshoqlikda kun kechirganini ko'rasiz. Biroq, Kaka hamyurtlariga qaraganda boy va badavlat oilada tug'ildi. Otasi mamlakatdagi taniqli muhandislar biri, onasi esa maktabda boshlang'ich talimdan dars berardi. SHu bois, u bolaligida oddiy o'qishda o'qidi va alo baholarga tamomladi. Ko'chada futbol o'ynab yurgan bolakayni 12 yoshida “San Paulu”ning ishchilaridan biri ko'rib qoladi va uni ertasi kuni stadionga borishini aytadi. Kaka KONKAKAFdagi eng mashhur futbol akademiyalaridan birida edi. 

Futbolchi faoliyatidagi debyut uchrashuvini 2001 yilda “San Paulu” jamoasida 18 yoshida nishonlaydi. SHu kuni yosh bo'lishiga qaramasdan asosiy tarkibda maydonga tushadi va to'liq to'qson daqiqa davomida faol harakat qildi. Maydon markazini o'ziniki qilib olgan Kaka jamoadoshlarining joylashuvini oldindanoq seza bildi va o'tkir paslar bilan ularni havfli vaziyatlarga olib chiqdi. 20 yoshigacha u yuzga yaqin uchrashuvlarda qatnashdi va 40dan ziyod gollar urdi. Evropalik skautlarning braziliyalik iqtidorlarga etibor qaratishi kecha yoki bugun ro'y berayotgani yo'q. SHu tufayli ham Kakaning mazkur qitada to'satdan paydo bo'lib qolishi hech kimni ajablantirmasdi. 2002 yil Braziliya terma jamoasidagi o'yinlari bilan Italiyaning “Milan” klubi vakillarini o'ziga jalb qilishi natijasida keyingi mavsumda u Apenin yarim oroliga yo'l oladi. Aytish mumkinki, u faoliyatining eng gullagan davrlarini aynan shu erda o'tkazdi va dunyoga "Kaka" nomi bilan tanildi. Hayron qolishingiz tabiiy. futbolchining asl ismi Rikardo Isexon dos Santos. Aytishga biroz noqulayligi sababli unga shu nomni berishadi. 8,5 million evro, bu – o'sha vaqtda ulg'ayib kelayotgan futbolchi uchun to'langan mablag'. To'g'ri, hozirda bu summa sizga kulguli tuyulishi mumkin. Kaka Milanga kelgan ilk yilidayoq jamoa uslubiga va falsasiga mos tushdi. Tarkibdagi Pirlo, Gattuzo, Zeedorf triosi mukammal o'yin namoyish qilishdi. Hujum nayzasi o'rnida Andrey SHevchenko harakat qildi. Kaka esa ularni maydonda birlashtirib turuvchi vositachi vazifasini bajardi. U kelganidan so'ng, “Milan” bir qator kuchli jamoalarning qarshiligiga qaramasdan, chempionlikni rasmiylashtirdi. Skuddeto qo'lga kiritilgan mavsumda u 10ta gol bilan jamoaning to'purarlari qatoriga kirdi. 2005 yil CHempionlar Ligasi finalida “Liverpul”ga alamli tarzda engilgach, u barchasini tushunib etdi. Ha, o'z ustida yanada ko'proq ishlamasa bo'lmaydi. Istanbuldagi final esa butun jamoaga katta saboq bo'ldi. Har bir ishda bir hikmat bor deganlaridek, ortda qolgan muvaffaqiyatsizlik jamoani yanada kuchliroq qildi. Oradan ikki yil o'tgach 2007 yilgi mavsumda Anchelotti boshqaruvidagi “Milan” Evropada o'zgacha to'fon ko'tardi. CHempionlar Ligasi g'olibi, ichki chempionatdagi jamoaviy va individual sovrinlar Kakaning qitadagi obro'sini yanada oshirdi. Kaka finalda g'alaba to'pini kiritgan Filippo Indzagining golida bosh rolni o'ynadi. Mavsum yakunida France Football talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to'p”ni ham o'ziniki qildi. SHundan so'ng, mazkur sovringa bir necha yillar davomida ikki o'zga sayyoralik - Messi va Ronaldu sazovor deb topib kelindi. 

Madriddagi sarguzashtlardan so'ng, 2013 yilda sobiq jamoasiga qaytdi. Ammo bu paytga kelib, “Milan” Italiyaning o'rtamiyona klubiga aylanib bo'lgandi. Oldingidek nufuzi ham qolmagandi. Uning shartnomasiga agar klub pastki o'rinlarni egallasa va CHempionlar Ligasiga yo'llanma olmasa kelishuvni buzish degan band kiritilgandi. Yakunda esa bitimga amal qilgan holda Kaka ketish taraddudini ko'ra boshladi. Futbolchining “Real”dagi yillarini ham eslab o'tmasak, bo'lmaydi. U 2009 yil 68,5 million evro evaziga "Qirollik klubi"ga o'tgan. Haqiqiy yulduzlar, braziliyalik o'yinchilar bu erda doim o'zlaridan ajoyib iz qoldirishgan. Kaka uchun 2011-2012 mavsum uning uchun omadli keldi desak xato bo'lmaydi. Madridliklar o'sha payt 100 ochko to'pladi va 121ta gol urdi. Baribir, Kakani ko'pchilik Milanda ko'rishga o'rganib qolishgandi. Yarim himoyachining o'zi ham jamoaga moslasha olmadi. Aniqrog'i, jarohati unga pand berdi. 

Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo'lgan Kaka 2002-2016 yillar oralig'ida 92ta o'yinda 34ta to'p kiritdi. SHarqiy Osiyodagi mundialda Skolari shogirdiga atigi 20 daqiqa o'ynash imkonini berdi. SHuning uchun, Kaka Braziliyaning chempionligida hissa qo'shgani haqida gapirishga asos yo'q nazarimizda. Futbolchi haqidagi qiziqarli faktlar haqida gap borar ekan uning ismi haqida yuqorida to'xtalib o'tdik. Lekin, malumotlarga qaraganda “Kaka” laqabi uning ukasi Rikardo ismini to'g'ri talaffuz qila olmagani tufayli paydo bo'lgan. Yana bir narsa u 18 yoshida futbol bilan butun umrga xayrlashishi mumkin edi. Lekin, shifokorlarning yordami bilan u yana yashil maydonga qaytdi. Golni qo'lini ko'tarib nishonlashida ham bir mano bor. U yaratganga najot uchun minnatdorchilik bildiradi va hayotga qaytganiga shukur qiladi. 

SHu kungacha “Milan”ga kimlar kelib ketmadi. Ammo, baribir Kaka jamoaning o'chmas yulduzi bo'lib qolaveradi!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика