So’nggi yangiliklar

19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   15 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  4 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  2 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  20 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  10 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  9 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0

Maoshi yuqori, ammo shunga loyiq o'yin ko'rsata olmayotgan 5 futbolchi Yangiliklar

Maoshi yuqori, ammo shunga loyiq o'yin ko'rsata olmayotgan 5 futbolchi

Maoshi yuqori, ammo bunga arzimayotgan besh futbolchi haqida maqola.

Har yili futbol ko'p pul va ancha homiylarni o'ziga jalb qilmoqda, shuning uchun taniqli yulduzlar har qachongidan ham ko'proq daromad olishlari hozirda ajablanarli holat emas. Bundan tashqari, ko'pincha agentlar o'z mijozlariga ancha yuqori maoshni belgilab qo'yishadi.

Kuyida maoshi yuqori, ammo shunga loyiq o'yin ko'rsata olmayotgan futbolchilarni eslaymiz.

5. Mesut Ozil ("Arsenal") – haftasiga 350 ming funt 

So'nggi yillarda Arsen Venger boshchilik qilgan "Arsenal" jamoasi transfer bozoridagi sustligi tufayli jamoatchilik hurmatini yo'qotgandi.

SHu sababli, to'pchilar Mesut Ozilni "Real"dan klub uchun rekord summaga sotib olganlarida, barcha juda hayron qoldi. Ko'pchilik Mesut londonliklarga elit klub maqomini tiklashga yordam berishiga amin edi, ammo Ozil Madriddagi kabi o'yin ko'rsata olmadi. U paytida dunyoning eng kuchli pleymeykerlaridan biri edi.

"Arsenal"dagi dastlabki yillarda Ozil bir mavsumda Terri Anrining paslari soni bo'yicha rekordini "buzdi". 2018 yilda yarim himoyachi "to'pchilar" bilan shartnomasini uzaytirdi va Premer-ligadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylandi.

"Arsenal"dagilar hanuzgacha bundan afsuslanishadi, chunki Ozil maoshini oqlay olmadi. Jamoa sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri bilan janjallashib qolgan Mesut asosiy tarkibdan ham chiqib ketdi. Muxlislar futbolchining yomon formadagi holatini ko'rib, unga ishonmay qo'yishgan.


4. Tangi Ndombele ("Tottenxem") – haftasiga 200 ming funt

Tangi Ndombele "Tottenxem"ning rekord transferiga aylandi - bu klubga 62,8 million funtga tushdi.

22 yoshli yarim himoyachi Liga 1 da ikki muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazdi, shu vaqt ichida Evropaning eng ko'zga ko'ringan futbolchilaridan biriga aylandi.

"SHporlar"ning pul bilan bog'liq siyosati eng yuqori pog'onaga ko'tarildi va jamoaning asosiy yulduzi Garri Keyn eng yuqori daromadga ega bo'ldi.

Tangi Ndombele doimiy ravishda tez-tez jarohatlarga yo'liqmoqda. Joze Mourinyu unga ishonmayapti hamda bu kuchaytirish o'zini oqlamaganga o'xshamoqda.


3. Pol Pogba ("Manchester Yunayted") – haftasiga 290 ming funt

To'rt yil oldin "Manchester Yunayted" "Yuventus" azosi Pol Pogbani sotib olish orqali barcha rekordlarni yangiladi. Bu shov-shuvli yil edi. CHunki, Zlatan Ibragimovich va Joze Morinyu ham "Old Trafford"ga kelishgandi.

Francuzning o'zi Angliyani tark etishga bir necha bor urinib ko'rdi, ammo uning maoshini to'lab bera oladiganlar kam.

Hozirgi kunda Pogba dunyodagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri bo'lib qolmoqda, ammo jamoadagi ishtiyoqsizligi va ortiqcha talablar uning obro'siga jiddiy putur etkazdi. Uning ketma-ket jarohatlar olishi uning faoliyatiga salbiy tasir ko'rsatishda davom etyapti.

Ushbu mavsumda u Premer-ligada atigi 7 ta o'yinda qatnashdi. Pogbaning amaldagi shartnomasi yana bir yil amalda, shundan keyin u o'ziga boshqa klub topishi mumkin.


2. Usman Dembele ("Barselona") – haftasiga 250 ming funt

Usman Dembele Neymarning o'rniga "Barselona"ga kelgan, bu albatta qo'shimcha masuliyat yuklaydi. U klubga rekord qiymat evaziga o'tgan. Kataloniyada doimiy jarohatlar tufayli o'zini ko'rsata olmadi. Dembele futbol maydoniga qaraganda jarohatni tiklashga ko'proq vaqt ketkazdi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli hujumchi endi o'ynay olmaydi: u yangi kelgan Martin Breytueytga joyini bo'shatishiga to'g'ri keladi. 


1. Aleksis Sanches ("Manchester Yunayted"dan "Inter"ga ijara asosida kelgan) –  haftasiga 400 ming funt 

"Manchester Yunayted" Sanchesni sotib olishi aniq bo'lganida muxlislar juda xursand bo'lishdi, biroq ularning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. CHililik go'yo soyaga aylanib qoldi va umuman tarkibni kuchaytira olmadi. 

MYU "Manchester Siti"ni ortda qoldirishga astoydil harakat qildi va Sanches uchun aql bovar qilmas pul taklif qildi - haftasiga 400 ming funt! Jamoada hech kim bu qadar ko'p pul ishlab topmaydi.

 

45 uchrashuvda Sanches beshta gol urdi, bor-yo'g'i shu. Endi chililik "Inter" sharafini himoya qilmoqda, lekin italiyaliklar uni sotib olishlari dargumon.

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика