Manuel Pellegrini: “Tanaffus Xartga ijobiy tasir qildi”
30 dek 2013 10:53
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: “Tanaffus Xartga ijobiy tasir qildi”
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini, jamoa darvozaboni Jo Xartning o'yinlaridan qoniqayotganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi darvozaboni bir muddat o'z o'rnini Pantilimonga bo'shatib bergan edi.
“Men jamoa va ayniqsa Xartning foydasini ko'zlab uni zaxiraga qo'ydim.
O'shanda Joga tanaffus kerak bo'lgan edi. zaxiraga o'tirishga uning o'zi rozi bo'lmas edi albatta, biroq men bilan suhbatlashgach ikkalamiz shunday qarorga keldik.
Boshqa futbolchi bo'lganida hatti-harakatlarimni tushunmay, bunga o'z etirozini bildirgan bo'lardi. Lekin Jo bunday futbolchilar sarasiga kirmaydi, u meni yaxshi tushunadi.
Uning ajoyib formada maydonga qaytishiga esa o'zingiz baho berishingiz mumkin”, - Pellegrinining so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Fikrlar