Manuel Noyer: “Bu “Bavariya” emas!”

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2018, 07:44
“Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoasining sharmandali mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

Myunxenliklar kecha oqshom o'z maydonlarida o'ynashlariga qaramay, “Borussiya” M klubiga yirik (0:3) hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 

“O'yinni yaxshi boshladik. Lekin kutilmaganda oddiy vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Afsuslanadigan holat shundaki, biz ana shu golga munosib javob berish uchun chora topa olmadik. 

Ikkinchi gol esa yuzimizga shapaloq tushirgandek bo'ldi. Bugun xatto xavfli vaziyatlarni ham sodir eta olmadik. Bu siz va biz bilgan “Bavariya” emas”, - dedi Manuel Noyer.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif