Manuasdagi maydon qurilishida yana bir ishchi halok bo'ldi
15 dek 2013 09:44
Yangiliklar


Manuasdagi maydon qurilishida yana bir ishchi halok bo'ldi
Jahon CHempionati uchun Braziliyaning Manuas shahrida qo'rilayotgan yangi maydonda yana bir ishchi halok bo'ldi, deb xabar beradi ingliz OAV.
49 yoshli Xose Antoni da Silva Nasimentu, jahon chempionati paytida yig'ilishlar o'tkaziladigan majlislar zalida jonsiz holatda topilgan. SHifokorlarning bergan malumotiga ko'ra, u ko'p ishlash natijasida toliqqan va yurak xurujidan vafot etgan. Belgilangan muddatdan ortda qolayotgani sababli, quruvchilar dam olmagan holda bir hafta davomida tinimsiz ishlashgan.
Bu qurilish davomidagi ikkinchi fojia hisoblanadi. Bundan oldin ham quruvchilardan biri 35 metr balanlikdan qulab tushganligi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar