So’nggi yangiliklar

21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  0 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  1 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   2 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1 18:30Тома Табатадзе "Нефтчи"ни тарк этди  7 18:15Лука Модрич: "Милан" – болалигимдаги севимли жамоам, Бобан эса кумирим эди"  11 17:52Диас "Ливерпуль"дан кетишга тайёр. "Барселона" ва "Бавария" янги таклифлар тайёрламоқда  1 17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  13 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   2 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  29 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  5

Mansur Saidov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov "Istiqlol" jamoasi yig'iniga qo'shildi. Stadionda ishlar avjida Yangiliklar

Mansur Saidov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov "Istiqlol" jamoasi yig'iniga qo'shildi. Stadionda ishlar avjida

Anvar Berdiev murabbiyligidagi "Istiqlol" jamoasi qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Farg'onadagi "Istiqlol" o'yingohida ilk kungi mashg'ulotlarni olib borgan jamoa azolari tiklanish mashqlarini olib borishdi. Tarkibdagi o'zgarishlar haqida gap borar ekan, o'z oldiga Pro ligada jiddiy kurash olib borishni maqsad qilgan jamoa safini bir qator tajribali ijrochilar hisobiga boyitmoqda. O'tgan mavsum "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan Mansur Saidov, Dilyorbek Ermatov, Farrux Turdalievlar "Istiqlol" yig'iniga kelib qo'shildi. SHuningdek klub sobiq futbolchisi Mo'ydin Mamazulunovni ham ortga qaytardi. Futbolchi 2020 yilning ikkinchi davrasini "Oq-tepa" jamoasida o'tkazgandi. Bundan tashqari farg'onalik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Iqbol Boboxonov, SHohruh Murotov,  Elyor Mamasoliev, Xushnud Bozorov, Doston O'rinboev, Abduholiq Qurbonov, Rahmatillo O'ktamov ham ayni vaqtda mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Markaziy stadionda ham yangi mavsumga qizg'in hozirlik ketmoqda. 

Mazkur stadion Pro liga ishtirokchilari - "Neftchi" va "Istiqlol" jamoalarining uy o'yingohi hisoblanadi. Bundan tashqari "Istiqlol" sport majmuasining asosiy hamda bir nechta zahira maydonlarida turli futbol musobaqalari, xususan Farg'ona viloyati 2-liga bahslari tashkil etib kelinadi.

Hozirda Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi tashabbuslari stadionda tamirlash, xususan yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. SHuningdek, biz bilan suhbatda bo'lgan "Istiqlol" stadioni xodimi Nodirbek Saidovning malumot berishicha, stadion o'zining yangi logotipiga ega bo'ldi.


Fotosuratlar muallifi Bekzod Tolibov o'z muxbirimiz

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика