Manjukich "Milan" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga keldi
18 jan 2021 11:00
Yangiliklar


Manjukich "Milan" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga keldi
"Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" sobiq hujumchisi Mario Manjukich "Milan"ga o'tadi.
34 yoshli hujumchi "rossonerilar" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga keldi.
Bugun, 18 yanvar kuni forvard tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Manjukich ayni damda erkin agent maqomida, uning so'nggi klubi "Al Duhayl" (Qatar) bo'lgan edi. Mario bu jamoa safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar