Manjukich A Seriya klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi
16 iyu 2020 21:35
Yangiliklar


Manjukich A Seriya klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi
Avvalroq, xorvatiyalik hujumchiga “Fiorentina” qiziqayotgani haqida xabar bergandik.
Sportitalia manbasiga ko'ra, Mario Manjukich faoliyatini aynan shu klubda davom ettiradi. 34 yoshli futbolchi “Fiorentina” bilan 2 yillik shartnoma imzolashga rozi bo'ldi. U yiliga 3 mln evro maosh oladi va barchasi ijobiy kechsa kelishuv yana bir mavsumga uzaytiriladi.
Iyul boshida Mario “Al Duhayl” bilan shartnomasini bekor qildi. U jamoa libosida 7 bahsda qatnashib, atigi bitta to'p kiritishga erishdi. SHuningdek, forvardni “Lokomotiv” (Moskva) kuzatib borayotgan edi.
Manjukich 4 mavsum davomida A Seriya grandi “Yuventus” sharafini himoya qilgan, bungacha esa u “Volfsburg”, “Bavariyu” va “Atletiko”da ham o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar