Mane Manjukichning natijasini takrorladi
06 avg 2022 09:05
Yangiliklar


Mane Manjukichning natijasini takrorladi
Germaniya chempionati 2022/23 yilgi mavsum ilk turida “Bavariya” 6:1 hisobida “Ayntraxt”ni taslim etdi.
Sadio Mane myunxenliklar safidagi dastlabki 2 o'yinda gol urdi. U kecha frankfurtliklar darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, bir necha kun oldin esa Germaniya Superkubogida "RB Leypcig" (5:3)ga to'p kiritgandi.
SHu tariqa, Mane “Bavariya” safida bunday natija ko'rsatgan Mario Manjukichdan keyingi ilk futbolchiga aylanadi. Manjukich 2012/13 yilgi mavsum “qizillar” safidagi dastlabki 4 o'yinda gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Mane yozgi transferlar vaqtida “Liverpul”dan Bundesliga grandi tarkibiga kelib qo'shildi va myunxenliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar