Manchini rekordga yaqin turibdi
13 okt 2019 08:58
Yangiliklar


Manchini rekordga yaqin turibdi
Evro-2020 saralash bahslari doirasida Italiya terma jamoasi Rimdagi “Olimpiko” stadionida Greciya termasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Italiyaliklar ustozi Roberto Manchini uchun bu terma rulid ketma-ket qo'lga kiritilgan sakkizinchi g'alaba bo'ldi va u milliy rekordni qayd etish uchun yana bir qadam tashlashi kifoya. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Italiya murabbiylar orasida eng uzoq g'alabali seriya 9ta uchrashuvga teng. Bu natijani 1938/39 yilgi mavsumda jamoani o'sha paytdagi murabbiyi Vittorio Pocco qayd etgan.
Manchini jamoasi bilan turli xil turnirlarda ketma-ket sakkizta g'alabani naqd qildi. Agar Italiya termasi 15 oktyabr kuni Lixtenshteynni taslim etsa, asrning 30-yillaridagi rekordni takrorlashi mumkin.
Greciya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Italiya terma jamoasi muddatidan ilgari Evro-2020 yo'llanmasini naqd qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar