Manchini: "Finalgacha yo'l uzoq, oldinda yana 6 ta o'yin bor"
12 iyu 2021 07:16
Yangiliklar
Manchini: "Finalgacha yo'l uzoq, oldinda yana 6 ta o'yin bor"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Turkiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'yin namoyish etdik. Birinchi taymda gol ura olmadik, oson bo'lmadi, axir bu debyut edi. Turkiya esa juda yaxshi jamoa.
Bunday o'yinlarda barcha ishni bajarish lozim. Bizga muxlislar qo'llab-quvvatlashi ham yordam berdi. Jamoamiz rostan ham yaxshi o'ynadi.
To'pni yaxshi harakatlantira olganimiz muhim rol o'ynadi.
Oqshom ajoyib o'tdi, umid qilamanki bunaqalari hali yana ko'p bo'ladi. Final? U ergacha yo'l uzoq. Oldinda yana 6 ta o'yin bor", - dedi Manchini.
Fikrlar