Manchini: "Balotelli yaxshiroq o'ynay oladi"

Aslanov Jasurbek
29 may 2018, 10:44
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdagi Mario Balotellining o'yiniga baho berdi.

"Balotelli ancha yaxshi o'ynay oladi. Ammo u birinchi bo'limda o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi deb o'ylayman. U gol urdi, bu hujumchi uchun juda yaxshi, ammo Mario ko'prog'iga qodir" - deydi Manchini.

Italiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia