Manchesterning ikki jamoasi bir futbolchi uchun kurashadi
09 sen 2018 15:46
Yangiliklar
Manchesterning ikki jamoasi bir futbolchi uchun kurashadi
"Manchester Yunayted" shahardoshi "Manchester Siti" bilan "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh uchun kurash olib boradi.
"Metro" xabariga ko'ra, "shaharliklar" ayni damda ushbu futbolchini qo'ldan chiqarilgan Jorjinoning o'rniga ko'zlab turibdi. Ammo, "Yunayted" portugaliyalikka "Siti"ga qaraganda ko'proq extiyoj sezmoqda.
Joze Mourino o'z vatandoshini jamoaga olib kelish kerakligini rahbariyatga aytib qo'ygan. "Yunayted" futbolchini qishdayoq sotib olishga urinib ko'radi.
Fikrlar