Manchesterliklardan biri Maguayrdan voz kechdi
11 iyu 2019 19:29
Yangiliklar


Manchesterliklardan biri Maguayrdan voz kechdi
"Lester" himoyachisi Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, endilikda aynan "qizillar" Maguayr uchun davogarlik qilishmoqda. Bunga qadar "Manchester Siti" Maguayr uchun asosiy davogar sifatida qaralgandi. Ammo "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola uning xizmatlaridan voz kechgan.
Ayni damda "Yunayted" va "Lester" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Lester" o'z himoyachisini 85 million funtga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
19:27
De Xea: "Manchester Yunayted"da o'tkazgan yillarim uchun Angliyadan tushgan takliflarni rad etdim" 2

Fikrlar