"Manchester Yunayted"ning akciyalari narxi keskin tushib ketdi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019, 14:41
"Manchester Yunayted"ning akciyalari narxi 1,2 million evroga pasaydi.

Bu haqda Nyu-York fond birjasi xabar bermoqda.

2018 yilning avgustida klub akciyalarining umumiy narxi 3,51 milliard evroni tashkil qilgandi. Hozir esa bu 2,25 milliard evroga baholanmoqda.

Ushbu "qulash"ning sababi klubning YCHLga chiqa olmagani deb ko'rsatilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror