"Manchester Yunayted"ga Pepe kerak
21 iyu 2019 18:10
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ga Pepe kerak
"Lill" vingeri Nikolya Pepe Evropaning yana bir top-jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"The Times" xabariga ko'ra, ivuarlik futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ushbu transferni "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning o'zi istamoqda. Mankunianliklar ushbu transfer uchun 80 million evro sarflashga tayyor turibdi.
SHuningdek, Pepening xizmatlariga "Liverpul", "Arsenal", "Inter", "Napoli" va PSJ kabi jamoalardan qiziqishlar bor. O'tgan mavsumda Pepe Liga1'ning 38ta o'yinida qatnashib, o'z hisobiga 22 gol va 14 hammualliflikni yozib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar