"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi qamalib ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 17:12
Ispaniyada 2010/11 mavsumdagi "Levante" hamda "Saragosa" o'rtasida o'tkazilgan kelishilgan bahs tekshiruvi yakuniy pallaga yaqinlashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, prokuratura suddan 2 yillik qamoq va 6 yillik diskvalifikaciya talab qilmoqda. Bu o'yinda ishtirok etgan futbolchilar orasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera, "Atletiko" xavbeki Gabi Fernandes va "Lester" futbolchisi Visente Iborra bor. Ushbu ishga 41 kishi aloqador.

Ispaniyada birinchi marta ikki yilgacha qamoq jazosini olish shartli hisoblanadi. O'sha paytda "Saragosa"ni boshqargan Xaver Agirre haqiqatdan ham qamalish ehtimoli katta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca