Manchester Yunayted yangi hujumchi sotib olsa, Yanuzayni ijaraga beradi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2015, 07:53
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Adnan Yanuzaning keyingi taqdiri hozircha noma'lum bo'lib turibdi.

Qizil iblislar agar yangi hujumchi sotib olishsa 20 yoshli belgiyalik futbolchini ijaraga berishga tayyorlar, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Bu mavsumda Yanuzay uchta o'yinda maydonga tushdi va Aston Villaga qarshi o'yinda (1:0) gol urdi.

Oldinroq unga Everton, Sanderlend va Dortmundning Borussiya klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru