"Manchester Yunayted" yangi forvard xarid qilishga yaqin
03 jan 2022 14:57
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" yangi forvard xarid qilishga yaqin
"River Pleyt" forvardi Xulian Alvares Tumanli Albionga yo'l olishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, hujumchining yangi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lishi mumkin.
"Qizil iblislar" Alvaresning kelajagini uning agenti bilan muhokama qilishadi. Bu bugun bo'lib o'tadigan APL doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng ro'y beradi. Manchesterliklar futbolchiga 2026 yilga qadar shartnoma taklif qilishga tayyorlar.
Xulianning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda. Hujumchi 2021/22 yilgi mavsum "River Pleyt" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar