"Manchester Yunayted" Vlaxovich uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2024, 15:30
MYU "Yuventus"ning 24 yoshli hujumchisi Dushan Vlaxovichga qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, serbiyalik futbolchi Turin klubi bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelisha olmayapti, bu esa Vlaxovichning u yerda uzoq muddat qolishiga shubha tug'dirmoqda.

"Qizil iblislar" yozgi transfer oynasida yangi hujumchi sotib olmoqchi.

Avvalroq OAVda Vlaxovichga "Arsenal" tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Vlaxovich joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: footballinsider247.com