"Manchester Yunayted" van de Bekdan qutulmoqchi
05 okt 2022 18:43
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" van de Bekdan qutulmoqchi
MYUning niderlandiyalik yarim himoyachisi Donni van de Bek qishki transferlar vaqtida klubni tark etishi mumkin
Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi rahbariyati futbolchini qishki transfer oynasida tark etish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Xavbekka uning sobiq jamoasi "Ayaks", PSV, shuningdek, Premer-liga klublari qiziqish bildirishmoqda.
25 yoshli van de Bek joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar