"Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari Reshford hamda Sakani qo'llab-quvvatladi
12 iyu 2021 20:19
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari Reshford hamda Sakani qo'llab-quvvatladi
"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshfordni qo'llab-quvvatlashini bildirdi, u Evro-2020 final uchrashuvida Italiyaga qarshi o'yindan keyingi penaltini aniq amalga oshirolmadi (1:1, penaltilar seriyasida — 2:3).
"Bitta zarba seni qanday futbolchi yoki qanday odam ekanligingni belgilab bermaydi, Markus. Buni yodingda saqla.
Biz o'z uyingga qaytishingni intiqlik bilan kutyapmiz", — deyiladi mankunianlarning tvitter sahifasida.
O'z navbatida "Arsenal" ham Bukayo Sakani qo'llab-quvvatladi, u ham penaltini aniq amalga oshirolmagandi. Aynan "Uch sherlar" yarim himoyachisi to'p kiritolmaganidan keyin Italiya terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgandi.
"Futbol juda shafqatsiz bo'lishi mumkin. Ammo biz har doim sening kuchli fazilatlaring, fel-atvoring va jasurliging bilan faxrlanamiz", — deb yozgan "kanonirlar" tvitter sahifasiga.
Fikrlar