So’nggi yangiliklar

09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  1 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  2 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  4 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  45 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  15 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0

"Manchester Yunayted" uchun Kataloniyada yirik hisobda mag'lub bo'lmaslik ham yaxshi natija" - Andrey Kanchelskis Yangiliklar

"Manchester Yunayted" uchun Kataloniyada yirik hisobda mag'lub bo'lmaslik ham yaxshi natija" - Andrey Kanchelskis

"Championat.asia" jurnalisti SHahboz Beg'amov "Manchester Yunayted" afsonasi, ayni paytda Namanganning "Navbahor" jamoasini shug'ullantirayotgan mutaxassis Andrey Kanchelskisdan "Old Trafford"dagi kechagi o'yin va Sulsherning tayinlovi haqida so'radi.

"Kechagi o'yin haqida qisqacha gapiradigan bo'lsam, hammasi haqqoniy va adolatli bo'ldi. O'yin bobida "Barselona" bir bosh ustunlik qildi. Natija ham shunga yarasha. "Manchester Yunayted" joriy mavsumdagi kuchini sarflab bo'ldi. Mavsum juda yomon boshlandi. Keyin Mourinyu istefoga chiqarildi. Jamoa malum vaqt chuqurlikda edi va bundan chiqishni ham uddaladi. ECHLda esa PSJ bilan javob o'yinida omad kulib boqdi.

"Barselona" mahorat bo'yicha "Manchester Yunayted"dan ancha ustunligi ko'rindi. Buni shunchaki ochiqchasiga tan olish lozim. Achchiq, lekin haqiqat. Albatta, "Manchester Yunayted" uchun qayg'urdik, lekin hozirgi holatni to'g'ri baholash lozim. "Barselona" kuchliliq qildi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Bu erda ortiqcha savollarga o'rin yo'q", - dedi Kanchelskis.


Kataloniyadagi javob bellashuvida "Manchester Yunayted"ning imkoniyatlari mavjudmi, degan savolga mutaxassis quyidagi javobni berdi:

"Imkoniyat doim bo'ladi. Ayniqsa Evropa CHempionlar ligasida "kambek" juda ko'p ruy beradi. Lekin tan olish kerak, "Manchester Yunayted" buni amalga oshirishi juda mushkul masala. "Barselona" bu PSJ emas. Kataloniya jamoasida barqarorlik mavjud. Ular ECHLda, muhim o'yinlarda qanday o'ynash tamini olishgan. "Manchester Yunayted" esa mavsum davomida bor kuchini sarflab bo'ldi. Ortig'ini kutish yaramaydi. Kataloniyada durang bilan qaytish ham muvaffaqiyatga aylanadi. Muhimi, javob bahsida yirik hisobda yutqazmaslik ham yaxshi natija", - dedi Kanchelskis.


"Manchester Yunayted" rahbariyati Sulsher tayinlovida adashmadimi? Mazkur savolga "Manchester Yunayted" afsonasi quyidagicha javob qaytardi:

"Hammasini vaqt ko'rsatadi. Hozir har xil variantlarni keltirish mumkin: Adashdimi yoki yo'q. Sulsher keliboq jamoani o'zgartirmadimi, hech narsani buzmadi. To'g'ri qildi. Yangi mavsumda esa jamoani butkul o'zining uslubiga monand tayyorlaydi. Yangi g'oyalarini endi amalga oshirishga urinib ko'rishi mumkin. Avval esa mavsumni kuchli to'rttalikda yakunlash missiyasini bajarmog' lozim. Muhimi, kelasi mavsum ECHLga yo'llanma beruvchi chiptani qo'lga kiritish. Rahbariyat Sulsherda adashdimi yoki yo'q, buni kelasi mavsumda ko'ramiz", - deya "Manchester Yunayted" haqidagi fikrlarini yakunladi Andrey Kanchelskis. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика