"Manchester Yunayted" Tripperning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
14 iyu 2021 10:18
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Tripperning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper Angliyaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 30 yoshli angliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Manchesterliklar Madrid klubi bilan muzokaralarni boshlashgan va o'yinchi uchun 25 million evro taklif qilishgan.
Tripper "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015-2019 yillarda "Tottenxem"da o'ynagan.
Tripper o'tgan mavsum "Atletiko" libosida 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist ijro etdi. Futbolchi madridliklar bilan birga Ispaniya chempioniga aylandi.
Fikrlar