"Manchester Yunayted" "Tottenxem" futbolchisi uchun 40 mln. funt to'lashga tayyor
29 mar 2017 14:47
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Tottenxem" futbolchisi uchun 40 mln. funt to'lashga tayyor
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Dayer "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.
Malumotlarga ko'ra, mankunianlar yozgi transfer kompaniyasini 40 mln. funtga baholanayotgan 23 yoshli futbolchi bilan boshlamoqchi.
Erik Dayer transferi amalga oshsa, u joriy mavsum shartnoma yakunlanadigan Maykl Kerrik o'rnini egallaydi. 35 yoshli Kerrik yangi bitim imzolamasa faoliyatini yakunlashi mumkin.
Dayer va "Tottenxem" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar