"Manchester Yunayted" Telles uchun kurashga qo'shildi
05 avg 2020 15:59
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Telles uchun kurashga qo'shildi
"Manchester Yunayted" mavsumlar oralig'ida himoyachi chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Portugaliya OAVning xabariga ko'ra, klub Aleks Tellesni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Portu" himoyachisi anchadan buyon ko'plab top-klublarning etiboriga tushgan.
Transfer narxi 40 million funtni tashkil etishi mumkin. 27 yoshli himoyachi Lyuk SHou bilan raqobatga kirishadi.
Ayni damda SHouning o'rnida o'ynaydigan yagona futbolchi Brendon Uilyams hisoblanadi. Yana bir himoyachi Diogu Dalotning jamoadan ketishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar