"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Romero "Veneciya"ga o'tishga yaqin
07 okt 2021 16:04
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Romero "Veneciya"ga o'tishga yaqin
MYU sobiq darvozaboni Serxio Romero katta ehtimol bilan faoliyatini "Veneciya"da davom ettiradi.
34 yoshli argentinalik futbolchi Italiya klubi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, uning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi o'tgan yozda yakuniga etgandi.
Romero 2015 yildan beri Angliyada o'ynaydi. Bunga qadar esa "AZ Alkmar", "Sampdoriya" va "Monako" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar