"Manchester Yunayted" SHou bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
05 apr 2022 16:28
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" SHou bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachi Lyuk SHou bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub va 26 yoshli angliyalik futbolchining vakillari o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda. MYU futbolchiga 2026 yilning iyun oyi so'ngigga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi.
SHou 2014 yilning iyulidan beri "Manchester Yunayted"da o'ynaydi, o'yinchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.
Himoyachining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar