"Manchester Yunayted" Sanchesni "Inter"dan qaytarishi mumkin
28 jan 2020 13:15
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Sanchesni "Inter"dan qaytarishi mumkin
MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 31 yoshli Aleksis Sanchesga klubda o'zini isbotlash uchun yana imkoniyat bermoqchi.
Sanches o'tgan yozda Milanning "Inter" klubiga ijara asosida o'tgan edi. Ammo, uning Italiyada ham ishlari yurishmayapti.
Futbolchi joriy mavsum "neradzurrilar" safida A Seriyada 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksis Sanches "qizil iblislar" tarkibiga 2018 yilda "Arsenal"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar