"Manchester Yunayted" Roxo bo'yicha taklif olmadi
05 jan 2021 15:10
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Roxo bo'yicha taklif olmadi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo mavsum so'nggiga qadar klubda qolishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, manchesterliklar argentinalik o'yinchi bo'yicha rasmiy taklif olishmagan, klub Roxoni qo'yib yuborishga tayyor.
30 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted"da 2014 yilning avgustidan beri o'ynaydi. O'yinchi joriy mavsum maydonga tushmadi. Roxo ayni damda jarohatidan tiklanish bilan band.
Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Oldinroq Markosga "Boka Xuniors" va "Nyukasl" klublari qiziqayotganligi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar