"Manchester Yunayted" "Real" va "Barselona" futbolchilariga qiziqmoqda
21 fev 19:23
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Real" va "Barselona" futbolchilariga qiziqmoqda
MYU yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
"Transfer News Live" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" "Barselona" va "Real"dan 4 futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Shu tariqa mankunianlarning short-listidan himoyachilar Jyul Kunde va Ronald Arauxo, shuningdek, yarim himoyachilar Eduardo Kamavinga va Arda Gyuler o'rin olgan.
Transfermarkt portali 26 yoshli Kundeni 60 mln, 25 yoshli Arauxoni 55 mln, 22 yoshli Kamavingani 80 mln, 19 yoshli Gyulerni esa 45 mln evroga baholamoqda.
"Manchester Yunayted" ayni paytda APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar