"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasi vaqtida ham katta pul sarflaydi
21 avg 2019 22:27
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasi vaqtida ham katta pul sarflaydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transferlar oynasi vaqtida Ole-Gunnar Sulsherni qo'llab-quvvatlaydi.
"The Sun" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati tarkibni kuchaytirish uchun qishda 75 million funt ishlatishga tayyor bo'ladi.
Ayni damda "Yunayted" yana bir yarim himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Yozda mankunianliklar Brunu Fernandesh va Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rgandi.
Yozda "Manchester Yunayted" Garri Maguayr, Aaron Van-Bissaka va Daniel Jeymsning transferi uchun 150 million funtga yaqin mablag' ishlatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar