

"The Sun" xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida xarid qilmoqchi. Mankunianliklar transfer uchun 55 mln funt ajratishga tayyor turibdi. Bundan besh yil oldin MYU Netuni sotib olmoqchi bo'lgandi. Biroq futbolchi transferning amalga oshishiga qarshilik qilgandi.
Ushbu mavsumda 21 yoshli netu "Vulverxempton" tarkibida 33 o'yinda 5 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi.



