"Manchester Yunayted" polshalik hujumchiga qiziqmoqda
21 jan 2020 17:50
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" polshalik hujumchiga qiziqmoqda
"Milan" forvardi Kshishtof Pyontek "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
MYU jarohat olgan Markus Reshfordning o'rniga aynan Pyontek nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" yaqinda polshalik hujumchining xaridi bo'yicha milanliklarga taklif yuborgan.
Oldinroq, "Tottenxem" va "Milan" Pyontekning transfer narxi borasida kelisha olishmagan edi.
Hujumchi "Milan"ga 2019 yilning yanvarida o'tgan. Klub futbolchi uchun "Jenoa"ga 38 million evro to'lagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar