"Manchester Yunayted" Pereyrani "Flamengo"ga ijaraga berib yuboradi
18 avg 2021 22:31
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Pereyrani "Flamengo"ga ijaraga berib yuboradi
Andreas Pereyra yana bir bor "Manchester Yunayted"dan ketadi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi ijara asosida "Flamengo" tarkibida o'ynaydi. SHartnoma bir yilga mo'ljallangan. Braziliya klubi futbolchining maoshini yarmini to'laydi. Qolgan qismini esa MYU o'z zimmasiga olgan.
O'tgan mavsumni Pereyra "Lacio" tarkibida ijara asosida o'tkazib, 26 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar