"Manchester Yunayted" Onana borasida Kamerun bilan muzokaralar olib bormoqda
02 jan 2024 22:41
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Onana borasida Kamerun bilan muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Yunayted"dagilar darvozabon Andre Onananing Afrika Kubogiga ketishini kechiktirmoqchi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, posbon 8 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida "Uigan"ga qarshi o'ynashi mumkin. Aslida u ushbu uchrashuvdan keyin termaga yo'l olishi kerak. Biroq mankunianliklar rahbariyati darvozabonning APL doirasida 14 yanvar kuni bo'ladigan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ham jamoada bo'lishini istamoqda. SHu sababli klub Kamerun FF bilan muzokaralar olib bormoqda.
Kamerun termasining 15 yanvar kuni Gvineyaga qarshi o'yini bor. Onanada qita kubogi bo'ladigan Kot-d'Ivuarga etib borish uchun 1 sutka vaqti bo'ladi.
Malumot uchun, Kamerun termasi C guruhidan o'rin olgan bo'lib, Gvineyadan tashqari Senegal va Gambiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar