So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

APL. "Manchester Yunayted" yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" yirik hisobda g'alaba qozondi

Angliya chempionati 22-tur uchrashuvlari davom etadi.

Manchester United

Marcus Rashford - 27', Marcus Rashford - 52', Anthony Martial - 54', Mason Greenwood - 76'

Premier League . 22-tur

11/01/2020, 20:00

0
:
4
Tugadi

Norwich City

Stadion: Old Trafford, 73271 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
27'  Marcus Rashford
27'  Juan Mata
52'  Marcus Rashford
54'  Anthony Martial
54'  Juan Mata
59'  Marcus Rashford (Daniel James)
71'  Andreas Pereira (Mason Greenwood)
76'  Mason Greenwood
80'  Anthony Martial (Angel Gomes)
65'  Adam Idah (Onel Hernandez)
65'  Mario Vrancic (Ibrahim Amadou)
80'  Grant Hanley (Jamal Lewis)

Manchester Yunayted 4:0 Norvich
20.00, «Old Trafford»

Gollar:

1:0 – 27 Reshford, 2:0 – 52, penalti Reshford, 3:0 – 54 Marsyal, 4:0 – 76 Grinvud.

Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Pereyra (Grinvud, 71), Matich, Fred, Mata, Marsyal, Reshford (Djeyms, 59).

Norvich – Krul, Xenli, Cimmermann, Bayrem, Aarons, Vranchich (Amadu, 65), Tetti, Kentuell, Buendia, Maklin, Ida (Ernandes, 65).

 

APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

90+3. Uchrashuv yakunlandi. MYU muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz.

Uchrashuvna 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Kristof Cimmermann olisdan MYU darvozasiga zarba yo'lladi. De Xea yana o'z o'rnida.

85. So'nggi daqiqalarda "Norvich" futbolchilari faollik namoyish qilyapti.

82. "Norvich" futbolchilari judayam qulay nuqtadan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

80. Marsyal o'rniga uchrashuvni Eynjel Gomes davom ettiradi.

76. Gol! Zahiradan maydonga tushirilgan Grinvud o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

74. Ibrohim Amadu Marsyalni maydon markazida qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

71. Grinvud maydonga tushirildi. Andreas Pereyra zaxiraga olinmoqda.

68. MYU o'yin tempini tushirishga harakat qilmoqda.

Vranchich o'rniga uchrashuvni Ibrohim Amadu davom ettiradi.

65. O'zgarish. "Norvich" safida harakatlanayotgan Adam Ida o'rniga kubalik Ernandes maydonga tushirinldi.

59. O'zgarish. Uchrashuvda eng faol bo'lib turgan Markus Reshford zahiraga olindi. Jeyms uchrashuvni davom ettiradi.

58. MYU "Norvich"ni "parchalab tashladi". Bu gal Andreas Pereyra jamodoshlariga juda qulay imkoniyat yaratib berdi. Ammo Uilyams to'pni bo'sh qo'lgan darvozaga kiriti olmadi.

54. Gol! MYU 2-bo'limni daxshatli tarzda boshladi. Marsyal hisobni yiriklashtirmoqda.

52. GOL! 11 metrli jarima zarbasini Reshford golga aylantirdi. 2:0

50. Brendam Uilyamsga nisbatan jarima maydonchasi ichida Tim Krul tomonidan qoida buzildi. Penalti!

46. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. TANAFFUS.

Uchrashuvning birinchi bo'limiga bir daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli zarba! "Norvich" futbolchilar De Xea darvozasi tomon ilk aniq zarbani yo'llashdi. Kentuellning burama zarbasini ispaniyalik posbon qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

43. MYU navbatdagi burchak zarbasiga ega bo'ldi.

35. Markus Reshford tomonidan kirtilgan gol "Norvich" darvozasiga mavsum avvalidan buyon kiritilgan 42-golga aylandi.

30. Andreas Pereyra yo'llagan yana bir aniq zarba bu gal Tim Krulga qiyinchilik tug'dirmadi.

27. Gooooool! Markus Reshfor! Xuan Mataning shedevr uzatmasini angliyalik hujumchi golga aylantirdi.

23. Tashabbus to'laligicha mezbonlar tomoniga o'tib ketdi. Biroq MYU ham darvoza tomon yo'llanadigan aniq zarbalar borasida oqsayapti.

20. Uchrashuvning 20 daqiqasi ortda qoldi. Ammo hamon darvozalar tomon aniq, xavfli zarbalar yo'llangani yo'q.

17. MYU futbolchilari burchak zarbasi ishlab olishdi. Bu vaziyatda Antoni Marsyal faollik ko'rsatdi.

16. Uchrashuvning 16-daqiqasiga kelib to'p nazoratidagi ustunlik mezbonlar tomonda: 67 - 33.

13. Pereyra - Mata - Marsial kombinaciyasi gol bilan tugashi mumkin edi, ammo franciyalik hujumchi zarba berishga ulgurmadi.

10. Uan-Bissakadan to'pni qabul qilib olgan Markus Reshford jarima maydonchasiga o'zining aldamchi harakati bilan kirib borib, xavfli vaziyat yaratdi. 

6. Bugun ham "qizil iblislar" himoyasining chap qanotida iqtidorli Brendan Uilyams harakatlanyapti. Yang yana zahirada qoldirilgan.

"Manchester Yunayted" futbolchilari esa mazkur bahsda g'alaba qozonsa, 5-pog'onaga ko'tarilib oladi.

4. Eslatib o'tamiz, uchrashuv mehmonlari APL joriy maavsumining mutloq autsayderi bo'lib turibdi ( 14 ochko, so'nggi o'rin).

1. O'yin start oldi. Uchrashuvni "Norvich Siti" klubi futbolchilari boshlab berishdi.

Jamoalarning maydonga chiqib kelish jarayoni:

"Old Trafford" atrofidagi o'yinga tashrif buyurgan "Norvich" muxlislari:

MYU futbolchilarining kiyinish xonasi:

"Manchester Yunayted" – "Norvich Siti" uchrashuvi saytimizda matnli translyaciya qilinadi. Uchrashuv boshlanishiga oz qoldi. Marhamat, mazkur bahs haqidagi fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика