"Manchester Yunayted" Meksika terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
11 okt 2019 15:30
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Meksika terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
MYU "Amerika" yarim himoyachisi Sebastyan Kordovaga qiziqmoqda.
Qayd etish kerakki, ingliz klubi skautlari Meksikaning Trinidad va Tobago (2:0) termasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurishgan va o'yinda Kordovaning harakatlarini kuzatishgan.
22 yoshli futbolchi faoliyatini "Amerika"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Meksika klubi uni turli yillarda "Alebrixes de Oaxaka" va "Nekaksa" klublariga ijaraga bergan.
Eslatib o'tamiz, Kordova shu yildan boshlab terma jamoa sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar