"Manchester Yunayted" Marsyalni sotishga qaror qildi
12 fev 2021 12:26
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Marsyalni sotishga qaror qildi
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida 25 yoshli franciyalik forvard bilan xayrlashishi mumkin.
Transfermarkt futbolchini 55 million evroga baholamoqda. Marsyalning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Antoni manchesterliklar tarkibida 2015 yildan beri o'ynaydi. U "Old Trafford"ga "Monako"dan o'tgan edi.
Hujumchi joriy mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar